Sirdaryoda 2 mlrd soʻmlik davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi
Illyustrativ foto
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachilarining 2 milliard soʻmlik davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Sirdaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida hududdagi mahallalarni rivojlantirish master-rejasini ishlab chiqish boʻyicha jami 2 mlrd soʻmlik davlat xaridida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning qator talablariga zid ravishda baholash jarayonida raqobat va xolislik prinsiplari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Xabarda keltirilishicha, qayd etilgan holat boʻyicha agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomasi bekor qilingan. Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar esa qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring