Shved maktabidagi otishmada 11 kishi halok boʻldi
Shvetsiyadagi maktabda qurolli toʻqnashuv sodir boʻldi. Unda 10 nafar shaxs otib tashlangan. Bu haqda Reuters xabar qildi.
Otishma Stokgolmdan 200 kilometr gʻarbda joylashgan Orebro shahri chekkasidagi Kampus Risbergska kattalar taʼlim markazida 4-fevral kuni tushdan keyin sodir boʻldi.
Qurbonlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda, marhumlardan biri otishmani uyushtirgan shaxs, u oʻz joniga qasd qilgan. Politsiya uning yolgʻiz harakat qilganini qayd etdi.
Otishma sodir etgan shaxs kimligi va uning harakatlari sababi hozircha nomaʼlum. Bosh vazir Ulfa Kristersson voqeani Shvetsiya tarixidagi eng yirik otishma deb tarifladi.
Ushbu maktabdagi 2000 ga yaqin oʻquvchilarning aksariyati 20 yoshdan oshgan shaxslar, ammo ular boshlangʻich va oʻrta maktab taʼlimini oladilar, shuningdek, aqliy zaif odamlar uchun ham darslar olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring