Shubhali toʻlovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi
Migratsiya agentligi fuqarolarni litsenziyasiz xorijga ishga joʻnatish bilan shugʻullanayotgan kompaniyalardan ehtiyot boʻlishga chaqirdi.
Qonunchilikka muvofiq, xorijda ishga joylashtirish faoliyatini faqat Migratsiya agentligi yoki ushbu agentlik tomonidan litsenziya berilgan xususiy bandlik agentliklari amalga oshirishi mumkin.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida ayrim firmalar ijtimoiy tarmoqlarda “konsalting” yoki “axborot xizmati” niqobi ostida fuqarolardan pul yigʻib, amalda hech qanday xizmat koʻrsatmagani aniqlangan. Natijada ular litsenziyasiz xorijga ishga joʻnatish faoliyati bilan shugʻullangani fosh etilgan.
Shu bois, bir qator korxonalarga jarimalar qoʻllanilib, sudlarga daʼvo arizalari kiritildi:
Worldvisa MCHJ — 9-aprel kuni tekshiruv, 11-aprelda 112,5 mln soʻm jarima;
Everyone Consult MCHJ — 9-aprel kuni tekshiruv, 11-aprelda 112,5 mln soʻm jarima;
Adworld Group MCHJ — 24-aprel kuni tekshiruv, 28-aprelda 112,5 mln soʻm jarima;
Rich Result MCHJ — 15-may kuni tekshiruv, 21-mayda 112,5 mln soʻm jarima;
Ravon Consult Group MCHJ — 15-may kuni tekshiruv, 26-mayda 112,5 mln soʻm jarima.
Agentlikning taʼkidlashicha, “litsenziyasiz tashkilotlar orqali xorijda ishga joylashishga urinish moliyaviy va huquqiy xavf tugʻdiradi”. Fuqarolarga rasmiy roʻyxatdagi agentliklar xizmatidan foydalanish tavsiya etildi.
“Har qanday shartnomani imzolashdan oldin uni diqqat bilan oʻqib chiqing. Shubhali toʻlovlarni amalga oshirmang”, — deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyi boshida Adworld Group MCHJ xorijga ishga joylashtirish vaʼdasi bilan fuqarolarni chuv tushirgani haqida xabar berilgandi. Tekshiruvlarda kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda Chernogoriya, Serbiya, Angliya, Litva, Norvegiya, Ummon va Yaponiya kabi davlatlarda ish oʻrinlarini reklama qilgani, aslida esa litsenziyasiz faoliyat yuritgani aniqlangan.
Mazkur kompaniya xizmatlari ayrim mashhur blogerlar tomonidan ham targʻib qilingani sababli koʻplab fuqarolar chalgʻigan va oqibatda moddiy zarar koʻrgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring