Shomurodov gol urgan oʻyinda “Bashakshehir” magʻlubiyatga uchradi

11:27 25 Noyabr 2025 Sport
183 0

Kecha, 24-noyabr kuni Turkiya Superligasining 13-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov toʻp surayotgan “Istanbul Bashakshehir” klubi oʻz maydonida “Trabzonspor” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv 4:3 hisobi bilan “trabzonliklar” foydasiga hal boʻldi. Gʻoliblar safida gollarga Ernest Muki (2 ta), Paul Onachu va Felipe Augusto mualliflik qildi. “Bashakshehir”ning javob gollari esa Bertugʻ Yildirim, Davi Zelke va Eldor Shomurodov nomiga yozildi.

Ushbu magʻlubiyatdan soʻng Istanbul klubi turnir jadvalida 13-oʻringa tushib ketdi. “Trabzonspor” esa uchinchi oʻrinni mustahkamlab oldi.

Ushbu bahsda gol kiritgan Eldor Shomurodov va Paul Onachu 9 tadan golga ega boʻlib, musobaqa toʻpurarlari sarasida yetakchilik qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер