SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–339-son, 13.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlangan.
Ushbu bitim 2024-yil 4-iyul kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlashi ham belgilab oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring