Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod shahriga amaliy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.
Davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligining 30-yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi hamda nutq soʻzladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Delegatsiyalar rahbarlari tashrif doirasida Ashxoboddagi yangilangan Betaraflik majmuasiga ham tashrif buyurdilar.
Tadbirlar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring