Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali gaplashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda bir-birini va doʻst xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqot va almashinuvlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo va yuk tashish koʻrsatkichlari, qoʻshma korxonalar soni ortib bormoqda.
Joriy yil may oyida Tehron shahrida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, biznes forumi va sanoat koʻrgazmasi oʻtkazildi. Hamkorlik boʻyicha 2025-2027-yillarga moʻljallangan “yoʻl xarita”si qabul qilindi.
Savdo, investitsiya, transport va logistika, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Eron yetakchilari mintaqaviy kun tartibi hamda boʻlajak tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring