Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Misr terma jamoasi va “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.
33 yoshli futbolchi Muhammad Salohga 2-yildan beri Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” va “Al-Hilol” jamoalari qiziqish bildirib kelmoqda.
“Ular ayni paytda “Liverpul”dagi muhit buzilganini yaxshi bilishadi va bundan foydalanishga tayyorgarlik koʻrmoqdalar”, deyiladi manba xabarda.
Maʼlumot uchun, 2023-yili “Al-Ittihod” klubi Salohning transferi uchun “Liverpul” klubiga 150 million yevro taklif qilgan, biroq futbolchi jamoadan ketishni xohlamagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring