Boks: Entoni Joshua bloger Jeyk Polni nokautga uchratdi

16:20 20 Dekabr 2025 Sport
342 0

Superogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bloger va bokschi Jeyk Pol ustidan gʻalaba qozondi.

Jang AQSHning Mayami shahrida boʻlib oʻtdi va oltinchi raundda nokaut bilan yakunlandi.

Maʼlum qilinishicha, Jeyk Pol jang davomida jagʻ suyagining ikki joyidan sinishi bilan bogʻliq jarohat olgan.

“Menimcha, jagʻim singan. Ha, u aniq singan. Jang juda ajoyib boʻldi, menga yoqdi. Men yana qaytaman va jahon chempioni boʻlishni istayman”, — dedi bloger jangdan keyin.

36 yoshli Entoni Joshua ilgari WBO, WBA va IBF yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempioni boʻlgan. U 2024-yil sentyabr oyida Daniel Dyubuaga magʻlub boʻlganidan beri jang oʻtkazmagan edi. Hozirda uning hisobida 29 ta gʻalaba va 4 ta magʻlubiyat mavjud.

28 yoshli Jeyk Pol esa shu paytgacha 14 ta professional boks jangini oʻtkazgan boʻlib, ularning 12 tasida gʻalaba, 2 tasida magʻlubiyat qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?