Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridan Shahrisabzga ketayotib, poyezdda qashqadaryolik faollar bilan muloqot qildi
Davlatimiz rahbari Qarshi shahridan Shahrisabzga ketayotib, poyezdda qashqadaryolik faollar bilan samimiy muloqotda boʻldi.
Suhbatda shahar-u qishloqlardagi oʻzgarishlar, aholi hayoti, bugungi tinchlik qadri haqida soʻz bordi.
“Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu gʻoya davlatimizning faoliyat dasturiga aylangan. Shu asosida aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, daromadi va farovonligini oshirish, mahallalarni obod qilish ijtimoiy hayotimizda yetakchi oʻringa chiqmoqda.
Hududlar imkoniyatini toʻliq ishga solish, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar natijasida yurtimizning oʻzida munosib mehnat sharoitlari yaratilmoqda. Yoshlar va xotin-qizlar daromadli kasblarga oʻqitilyapti.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar samarasida sanoat jadal rivojlanmoqda, ilgʻor texnologiyali korxonalarda qoʻshilgan qiymat yaratilmoqda. Qishloq xoʻjaligi, turizm, transport, energetika sohalarida ulkan loyihalar ishga tushirilmoqda.
Prezidentimiz iqtisodiyot rivoji, aholi kayfiyatida yoʻllarning ahamiyati yuqori ekanini taʼkidlab, bu borada mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Oxirgi 2-yilda yurtimizda 40 ming kilometr yoʻl va 540 ta koʻprik taʼmirlangan. Bu yil Qashqadaryoda jami 100 kilometr magistral yoʻllar taʼmirlanishi rejalashtirilgan. Bu loyihalarni tezlashtirish, yoʻl boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Nuroniylar bu oʻzgarishlarni xalqimiz oʻz hayotida sezayotgani, islohotlarga yuqori baho berayotganini aytishdi. Xotin-qizlar vakili barcha sohalarda ayollarga keng imkoniyatlar berilgani, natijada ular oʻz oilasi va mehnat jamoalarida qadr topib, hayotidan rozi boʻlib yashayotganini soʻzlab berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring