Sergeli tumanida elektr taʼminoti korxonasining yangi binosi ishga tushirildi
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi AJ tomonidan Sergeli tumani elektr taʼminoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, tuman mutasaddi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mehnat faxriylari ham OAV vakillariishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, bugun mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari Toshkent shahrida hamyangilanishlar, oʻzgarishlarga asos yaratib bermoqda. Eng asosiysi, bunday oʻzgarishlar hudud aholisining yashash sharoitini yaxshilash va daromadini oshirish bilan birga, iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, sanoatning yangi tarmoqlarini rivojlantirish orqali mahsulot va xizmatlar raqobatdoshligini oshirishga olib keladi. Bu borada elektr energiya taʼminoti bilan bogʻliq masalalar ham yana-da takomillashtirilishi talab etiladi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Sergeli tuman elektr taʼminoti korxonasi yangi binosi ana shunday saʼy-harakatlar samarasidir. Binobarin, bu yerda isteʼmolchilarga xizmat kursatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Binoda konferens-zal, korxona mutaxassislarini oʻqitish kabixonalar zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangani ish samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qilmoqda. Istemolchilarga sifatli xizmat kursatishuchun ularni qabul qilish xonasi va elektron tablo ham mavjud.

Ayni paytda Sergeli tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 816,93 km 0,4-6-10 kVli havo tarmoqlari va 349 ta 6-10/0.4 kVA transformator punkti orqali 1 838 ta ulgurji hamda 66 999 aholi, jami 68 837 isteʼmolchiga xizmat koʻrsatilmoqda.
Shu oʻrinda qayd etish joizki, foydalanishga topshirilgan bino tuman aholisini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qilib, bu boradagi saʼy-harakatlar davom ettiriladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring