Serbiyada muxolifat va prezident tarafdorlari oʻrtasida ommaviy toʻqnashuvlar boʻldi
Serbiyaning bir nechta shaharlarida muxolifat namoyishchilari bilan prezident Aleksandr Vuchich tarafdorlari hamda politsiya oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar sodir boʻldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Belgrad, Novi-Sad, Nish, Kraguyevas va yana bir qator shaharlarda taraflar bir-birini feyerverk, petarda, tosh va turli buyumlar bilan jarohatlashi oqibatida qarama-qarshiliklar kelib chiqdi.
Vuchichning aytishicha, faqatgina Novi-Sadning oʻzida 64 nafar uning tarafdori jarohat olgan. Prezident “bandit va bezorilar”ga hech qanday afv boʻlmasligini bildirdi.
Vrbas shahridagi toʻqnashuvlarda esa 16 politsiya xodimi va 50 namoyishchi jarohatlandi.
Maʼlumot uchun, Serbiya muxolifati va talabalar tashkilotlari rahbarligidagi namoyishlar toʻqqiz oydan beri davom etmoqda. Norozilik chiqishlari oʻtgan yil 1-noyabrda Novi-Sad vokzalida temir-beton tom qismining qulab tushishi oqibatida 16 kishi halok boʻlgan fojiadan keyin boshlangan.
Namoyishchilar aybdorlarni jazolash, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilishini talab qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring