Senatorning Guliston tumanidagi uchrashuvlari
Joriy yilning 18-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Sirdaryo viloyatining Guliston tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mahallalarda nuroniylar va yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar doirasida ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi va mahalliy aholining fikr-mulohazalari tinglandi.
Uchrashuvda iqtisodiyot, investitsiya va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yangi sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Guliston tumanida faoliyat yuritayotgan yirik sanoat korxonalari — parranda goʻshti mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “GULISTAN CHICKEN STEWS” MCHJ, sunʼiy tolali ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “MILI TEKS SIRDARYO” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Senator tomonidan yangi ish oʻrinlarini yaratish, mahalliy kadrlarning malakasini oshirish va ilgʻor tajribalarni amaliyotga joriy qilish xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek xorijiy investorlar bilan birgalikda chet elda oʻzbek savdo uylarini tashkil qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, investorlar va ishbilarmonlar bilan muloqot oʻtkazilib, unda mahalliy va xorijiy investorlar bilan hamkorlikda tumanning investitsiya salohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va eksport masalalari boʻyicha fikr almashildi va tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring