Senator “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida talabalar bilan muloqot oʻtkazdi
Toshkent davlat agrar universitetida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Muloqotda Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati vakillari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda senator mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonlari, qonunchilik asoslari, Yoshlar parlamentining qonun ijodkorligi va parlament nazoratida ishtirok etishi haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha takliflar bildirildi.
Ochiq muloqot davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring