Senator Guliston shahrida ayrim korxonalar faoliyatini oʻrgandi
Joriy yilning 18-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Sirdaryo viloyati Guliston shahrida mahalliy Kengash deputatlari, doimiy komissiyalari va “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda nuroniylar va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Uchrashuvda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, sanoat va ishlab chiqarishni kengaytirish, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish orqali hududiy eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, shaharda olib borilayotgan islohotlar doirasida ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga mos ravishda yangi sanoat va turizm zonalarini rivojlantirishga ham eʼtibor qaratildi.
Senator Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan polipropilen qop mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “MMX PRO” MCHJ va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “CHELEBI TEKSTIL” MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi.
Sanoat va ishlab chiqarish korxonalarini toʻliq quvvatda ishga tushirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va mahalliy kadrlarning malakasini oshirish masalalariga alohida urgʻu berildi.
Tadbirkorlar, investorlar va ishbilarmonlar bilan muloqot mobaynida mahalliy va xorijiy investorlar bilan hamkorlikda shaharning investitsiya salohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda eksport masalalari boʻyicha fikr almashildi va tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari uchun asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring