Erondagi namoyishlarda Oʻzbekiston fuqarolari jabrlanmagan — TIV

10:36 14 Yanvar 2026 Siyosat
96 0

Oʻtgan yilning 28-dekabridan beri Eronda ogʻir iqtisodiy vaziyat va milliy valyuta kursining keskin pasayishi sababli boshlanib, keyinchalik siyosiy tus olgan keskin norozilik namoyishlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu mamlakatda boʻlib turgan vatandoshlarni ogohlikka chaqirdi.

Oʻzbekistonning Erondagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.

TIV matbuot xizmatining yozishicha, vazirlik Erondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu munosabat bilan, Eronda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslik, odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroq boʻlish hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etish soʻraldi.

Qayd etilishicha, zarur hollarda Oʻzbekistonning Tehron shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:

+982122299780

+982122832025

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?