Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari uchun asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi
“Aholining alohida turdagi isteʼmol mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini kafolatli taʼminlashga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–269-son, 30.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Farmonga koʻra, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar asosida Oʻzbekiston hududiga olib kiriladigan quyidagi tovarlar 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi:
- elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar;
- pilla yigirish va ipak gazlama toʻqish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urugʻi va koʻchatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urugʻlari.
2026-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvargacha “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan soliq toʻlovchilar uchun mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi:
- chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan boʻlsa;
- har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan boʻlsa.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring