Senator Dushanbe shahrida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

10:39 03 Oktyabr 2025 Siyosat
121 0

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Kadirxanova Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyoda “Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali davlat boshqaruvi” dasturining uchinchi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston hamda Qozogʻistondan 150 dan ortiq ekspertlar va davlat organlari, tahliliy markazlar, akademik doiralar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Konferensiya sessiyalari davomida davlatga barqaror iqtisodiy oʻsishga qaratilgan samarali siyosatni shakllantirishga yordam beradigan maʼlumotlar va tadqiqotlar masalalari muhokama qilindi.

Dalillarga asoslangan qarorlarni amalga oshirish misollari, shuningdek, fuqarolik jamiyatini islohotlarni monitoring qilish va baholashga jalb qilish tajribasi koʻrib chiqildi. Xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar, investitsiyalar va ish oʻrinlari uchun sharoitlar yaratish, iqlim kun tartibi hamda aholining zaif qatlamlarini himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Senator ayollarning iqtisodiy jarayonlarda ishtirokiga toʻsiq boʻlayotgan omillarni bartaraf etish va maʼlumotlardan samarali foydalanish masalalariga bagʻishlangan oltinchi sessiyada qatnashdi. Jumladan, tadbirkorlikni boshlash uchun xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil gapirib berdi.

Sessiya doirasida Jahon banki va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari vazirligi ekspertlari tomonidan Oʻzbekistonda gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtirof etildi. Ayniqsa, Jahon bankining soʻnggi hisoboti natijalariga koʻra Oʻzbekiston gender siyosati samarali yuritilayotgan top-5 mamlakat qatoriga kiritilgani qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер