Senatda “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilinmoqda
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masallari qoʻmitasining navbatdagi majlisida “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni muhokama qilindi.
Unda senatorlar, ekspertlar hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtrok etib, muhokama etilayotgan Qonunning 2021 - 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilganligi, uni iqtisodiyotda davlat ishtirokini asoslangan darajagacha qisqartirish va investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilganligi qayd etildi.

Qonunni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro tajriba oʻrganilganligi hamda ushbu Qonun normalari Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohatlar va Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirilganligi taʼkidlandi.
Qonunda xususiylashtirishning qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, hisobdorlik, teng raqobat muhitini taʼminlash hamda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik Qonunning asosiy prinsiplari sifatida belgilanmoqda.

Shuningdek, Qonunda yangi meʼyorlar kiritilib, davlat aktivlarini sotishda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va shartlari Qonun darajasida belgilanmoqda hamda Qonun asosida balansda saqlovchining javobgarligi kuchaytirilib, xatlov komissiyasi instituti bekor qilinmoqda.
Majlisda Qonunning qabul qilinishi xususiylashtirish jarayonlarida teng raqobat muhitini yaratilishi, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishi, xususiy mulkchilik va uning himoyasini taʼminlashiga xizmat qilishi aytib oʻtildi.
Majlis soʻnggida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.





Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring