Senat Raisi YEXHT Parlament assambleyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Oʻzbekiston delegatsiyasining Yevroosiyo ayollar forumida ishtiroki doirasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Pia Kauma bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda mazkur tuzilma doirasida hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, qonunchilik jarayonini takomillashtirish va parlament nazoratini amalga oshirishda Parlament Assambleyasi bilan aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
P. Kauma Oʻzbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va tashkilot oʻrtasida jadal rivojlanayotgan munosabatlarni yuqori baholadi va qoʻllab-quvvatladi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston rahbariyatining xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ochiq siyosati tufayli ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqlarga erishildi.
P.Kauma saylovlarni kuzatish missiyalarini tashkil etish masalalarida ushbu tuzilma va Oliy Majlis oʻrtasidagi ishlarni muvofiqlashtirish muhimligini qayd etdi. U demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirishda Oʻzbekistonga har tomonlama yordam berishi, shuningdek, respublika parlamenti faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
P.Kauma Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar ketayotgan mintaqadan ayol va bolalarni qaytarish boʻyicha “Mehr” gumanitar operatsiyalari natijalarini yuqori baholadi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring