Samarqanddagi xalqaro anjuman doirasida “Oʻzbekiston agrooziq-ovqat salohiyati” koʻrgazmasi tashkil etildi
Foto: "Xalq so'zi"
Xalqaro konferensiyaning yalpi sessiyasi dunyo mamlakatlari oldida turgan muhim masala - oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni jadallashtirish, yechimlarni muhokama qilish, shuningdek, agrar sohadagi yutuqlarni targʻib qilish va oʻzaro tajriba almashishda alohida ahamiyat kasb etdi.

Yalpi majlisdan soʻng ishtirokchilar “Buyuk Ipak Yoʻli” xalqaro turizm markazida joylashgan Eksro Markazda tashkil etilgan mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi yondashuvlarini oʻzida mujassam etgan “Oʻzbekiston agrooziq-ovqat salohiyati” koʻrgazmasini koʻzdan kechirdilar.

Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston agrar tarmogʻini isloh qilishdagi yutuqlar taqdimot qilindi. Mehmonlarga Oʻzbekistonning agro va oziq-ovqat sohasidagi salohiyati, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi yondashuvlari namoyish etildi. Anjuman qatnashchilari urugʻchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster, kooperatsiya, agrologistika usullari bilan tanishtirildi.

Taʼkidlash joizki, ushbu keng koʻlamli tadbirning aynan Oʻzbekistonda oʻtkazilishi dunyo jamoatchiligining eʼtibori yurtimizga, qadimiy Samarqandga yana bir bor qaratilishiga xizmat qiladi.
































Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Foto: Hasan Paydoyev, Yunus Boʻriyev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring