Samarqandda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti izchil oshmoqda
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida qishloq xoʻjaligida ham yuqori natijalarga erishilmoqda. Jumladan, 2025-yilda Samarqand viloyatida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish hajmi sezilarli darajada oshdi.
Yil davomida viloyatdan jami 316 million dollarlik 303 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari Rossiya, Xitoy, Turkiya, Ukraina, AQSH, Polsha kabi 61 ta davlatga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oldingi yilga nisbatan 75 million dollarga koʻpdir.
Xususan, Samarqand tumanida faoliyat yuritayotgan “Shavkat Ubaydov bogʻlari” eksportyor korxonasi 50 turdan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib bermoqda. Asosiy eksport mahsulotlari qatoriga karam, piyoz, olma, olxoʻri, shaftoli, lavlagi hamda boshqa koʻplab meva-sabzavot turlari kiradi.
Korxonada mavsumiy ravishda 100 nafar, doimiy asosda esa 20 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Ayni paytda korxona mavsum davomida 1 000 tonna karamni Rossiya Federatsiyasiga eksport qilish boʻyicha shartnoma imzolagan boʻlib, yillik daromadi 1 million AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring