Samarqandda “Nasaf” muxlislari YTHga uchradi. Qurbon bor
Samarqand viloyati Urgut tumanida “Nasaf” futbol klubi muxlislari yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 31-oktyabr kuni soat 08:30 larda Urgut tumani Qoratepa MFY hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 1113-kilometrida sodir boʻlgan. “KIA Sonet” rusumli avtomobil haydovchisi Samarqand–Qarshi yoʻnalishida harakatlanib borayotganida charchoq oqibatida uxlab qolgan va rul boshqaruvini yoʻqotgan. Natijada avtomobil yoʻlning oʻng tomonidagi tuproq uyumiga urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatida haydovchi va bir nafar yoʻlovchi Urgut tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Yoʻlovchi shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Urgut tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qarshining “Nasaf” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, YTHda qurbon boʻlgan fuqaro jamoaning fidoyi muxlisi Mahmud Muhammadiyev boʻlgan. Marhum va klubni qoʻllab-quvvatlash uchun kecha, 30-oktyabr kuni Namangan shahrida boʻlib oʻtgan “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuviga borgan boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring