Samarqandda mast yigit hamqishlogʻini temir jism bilan kaltakladi

07:52 07 Mart 2022 Jamiyat
1022 0

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

Samarqand viloyati Narpay tumanida 2022-yil 25-fevral kuni soat 23:30 larda “Qoraxitoy” qishlogʻida yashovchi 24 yoshli yigit Oqtosh shahrida joylashgan “Azizbek” nomli oshxonada ovqatlanib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Mast holatda Narpay tumani “Nogʻoraxona” mahallasidan oʻtuvchi ichki yoʻldan yashash uyiga ketayotganida, yoʻlda 28 yoshli hamqishlogʻini koʻrib qolgan. U bilan oʻzaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashib qolib, janjal vaqtida mast yigit qoʻliga oʻtkir tigʻli temir jismni olib, hamqishlogʻi tanasining turli joylariga qasddan urib, sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, R.I. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat qurolini aniqlash hamda janjal kelib chiqish sababi oʻrganilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер