Samarqandda ham abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatida 72 ming 305 nafar abituriyent oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtgan.
Test sinovlari 6 ta binoda — Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimi binosi, SamDU akademik litseyi sport zali, sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport majmuasining 3 ta sport zali hamda Samarqand davlat pedagogika instituti sport zallarida boʻlib oʻtadi.
Oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari “Avval test, keyin tanlov” tamoyiliga muvofiq ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan ballidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat yoʻnalishlariga, soʻng professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.




Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring