Samarqandda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

17:00 11 Yanvar 2024 Sport
586 0

Ishtixon tumanida joriy yilning 6-11-yanvar kunlari sportning boks turi boʻyicha U 17-18 qizlar va U 15-16 oʻsmir qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 14 ta jamoadan 225 nafar bokschi qiz sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi. Unda charm qoʻlqop ustalari 13 ta vazn toifasi boʻyicha bellashdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa natijalarga koʻra umumjamoa hisobida Samarqand viloyati boks jamoasi 1-oʻrin, Fargʻona viloyati terma jamoasi 2-oʻrin va Toshkent shahri jamoasi 3-oʻrinni egallashdi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi, viloyat boks federatsiyasi raisi Ya. Mirzarahimov va viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshligʻi Sh. Roʻziyev 2023-yil 24-noyabr va 4-dekabr kunlari Armanistonning Yerevan shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan Sevara Mamatova hamda kumush medal sohibi Maftuna Musurmonovaga viloyat hokimining “Tashakkurnomasi” va qimmatbaho sovgʻalari topshirishdi.

Shuningdek, turnir gʻolib va sovrindorlari medal, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер