Samarqand davlat universitetida ota-onalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodovning Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti hamda matematika fakulteti talabalari va ularning ota-onalari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Rektor Rustam Xolmurodov universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sohasidagi yangiliklar, yangi qurilishlar, talabalarning oʻqishlari va yashashlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, mamlakat taraqqiyoti nuqtayi nazaridan yoshlar oldiga qoʻyilayotgan talablar xususida soʻz yuritdi. Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti direktori Joʻliboy Eltazarov, matematika fakulteti dekani Ahmad Xalxoʻjayev va boshqalar soʻzga chiqib, talabalarning faolligi, erishayotgan natijalari haqida toʻxtaldilar.
Ota-onalarning vakillari va talabalar ham oʻz mulohazalarini bildirdi. Universitet rahbarlari barcha savollarga batafsil javob qaytardilar. Shundan soʻng ota-onalar universitet sunʼiy intellekt va axborot texnologiyalari fakultetining, Biokimyo institutining yangi binolarini va universitetning boshqa eʼtiborga molik joylarini borib koʻrdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring