Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hayʼati tarkibiga kiritildi
Kuni kecha S.Mirziyoyeva hamda Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi islom dini asosida yotgan umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun mazkur xalqaro tashkilotga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva har yili oʻtkaziladigan Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofotining 2026-yilgi hakamlar hayʼati tarkibiga kiritilganidan benihoya mamnun ekanini izhor etdi.

“Faqat birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan biz bu dunyoni yanada yaxshiroq qila olamiz”, — deya taʼkidladi S.Mirziyoyeva.
Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti — dunyo taraqqiyotiga katta hissa qoʻshayotgan, inson huquqlari, tinchlik va adolat uchun kurashayotgan shaxslarga beriladigan, xalqaro darajada eng yuqori baholanadigan yuksak eʼtiroflardan biridir.

Ushbu mukofot 2019-yilda Rim papasi Fransisk va Al-Azhar universiteti bosh imomi Ahmad At-Toyib oʻrtasida Abu-Dabida boʻlib oʻtgan tarixiy uchrashuv sharafiga taʼsis etilgan boʻlib, ular birgalikda insoniy birodarlik haqidagi hujjatni imzolagan edi.
BAA asoschisi marhum Shayx Zoid ibn Sulton Al-Nahayon nomi bilan ataladigan ushbu mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlib, sovrin puli ijtimoiy muammolarga yechim topayotgan, tinchlik va birdamlikka hissa qoʻshayotgan shaxslar va tashkilotlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring