Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosini beton plita bosib qoldi

14:33 31 Dekabr 2021 Jamiyat
1955 0

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosini beton plita bosib qoldi. Bu haqda “Невские новости” gazetasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 27-dekabr kuni soat 20:00 atrofida Lavrikiyga olib boruvchi shosseda sodir boʻlgan. Oʻzbekistonlik migrant ogʻir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan.

Shifokorlar jabrlanuvchiga uzoq muddatli siqilish sindromi va turli jarohatlar tashxisini qoʻyishdi: bosh miya chayqalishi, yopiq kraniokerebral travma, qovurgʻa sinishi, pnevmotoraks, bosh va iyakdagi koʻkarishlar hamda yaralar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер