Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgan 6 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Bosh konsulxonasi koʻmagida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 6 nafar voyaga yetmagan bola Vatanga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistondan borgan ishchi guruh 10 kun davomida barcha kerakli hujjatlarni yigʻgan. Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar Sankt-Peterburgdagi Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va bolalar uchun “Tranzit” ijtimoiy boshpanasiga yetkazilgan.
Voyaga yetmagan bolalardan biri uch yildan beri onasidan ayro tarzda, otasi bilan yashab kelgan. Otasi uni onasidan noqonuniy ravishda olib qoʻygan. Bolaning oilasi uning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan ijtimoiy noqulay muhitni boshdan kechirgan. Bosh konsulxona xodimlari va mutasaddi tashkilotlar xodimlari bolaning yashash joyida boʻlib, uni Oʻzbekistonga qaytarish choralarini koʻrgan.
Oʻzbekiston Bosh konsulxona tomonidan Rossiya hududlarida qarovsiz qolgan olti nafar bolaning ortga qaytishi uchun tegishli guvohnomalar rasmiylashtirilgan. Diplomatlar ularni Sankt-Peterburg – Toshkent aviareysi bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring