Rossiyada migrantlarni qoʻllab-quvvatlovchi yangi loyiha boshlandi

фото: ТИВ
Koronavirus pandemiyasi sharoitida Rossiya Federatsiyasida qiyin vaziyatga tushib qolgan mehnat migrantlariga yordam berish maqsadida yangi xayriya loyiha ish boshladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi rossiyalik ishbilarmon va xayriyachilar David Yakobashvili va Yan Yanovskiylar bilan hamkorlikda #PomoщYEST! xeshtegi ostida migrantlarga issiq oziq tarqatmoqda.
Loyiha ishtirokchilari MDH mamlakatlaridan ishsiz qolgan migrantlarning oilalari joylashgan bir nechta punktlarga har kuni tayyor ovqatlarni yetkazib bermoqda.
“Biz kuniga 250 kishi uchun taom tarqatishdan boshlaymiz, keyin 500 kishi, ehtimol ming kishiga yetadi. Hamkasblarimiz buyurtma tayyorlaydi va biz logistika va moliyalaviy masalalarni tashkil qilishga harakat qilamiz. Agar biz koʻplab oilalarga yordam bera olsak, bu biz uchun baxt”, – deydi David Yakobashvili.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring