Rossiya va Xitoy Koreya yarim orolida tartib o‘rnatilishiga hissa qo‘shmoqchi
Rossiya va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari Sergey Lavrov va Van I JARning Pretoriya shahridagi uchrashuvi chog‘ida Koreya yarim orolidagi yadro muammosi bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib oldi. Bu haqida TASS axborot agentligi xabar berdi.
“Tomonlar Koreya yarim orolidagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdi va yarim orolni denuklerizatsiya qilish jarayoni hamda bu mintaqada uzoq muddatli tartib va barqarorlikka erishilishiga hissa qo‘shish uchun mazkur masala yuzasidan harakatlarni muvofiqlashtirish hamda hamjihatlikni kuchaytirish yo‘lida kelishuvga erishdi”, deb ma’lumot bergan XXR TIV o‘z saytida.
Ma’lumot uchun, Sergey Lavrov va Van I Pretoriyada bugun o‘z ishini boshlaydigan BRHXJ(ing. BRICS — Brazil, Russia, India, China, South Africa) tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi ochilishi arafasida uchrashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring