WSJ: Tramp AQSH talablari bajarilmasa, Eronning yangi rahbarini yoʻq qilishni maʼqullashga tayyor

20:21 10 Mart 2026 Dunyo
123 0

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz yordamchilariga agar Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy Vashington talablariga yon berishga tayyor boʻlmasa, uni oʻldirish qarorini qoʻllab-quvvatlashini aytgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Nashr suhbatdoshlarining soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar hukumati Erondan yadroviy dasturni toʻxtatishni talab qilmoqda.

WSJ nashrining yozishicha, Isroil Mujtabo Xomanaiyni yoʻq qilish boʻyicha maxsus operatsiya oʻtkazishi mumkin.

AQSH rasmiylari Mujtabo Xomanaiyning AQSHga nisbatan qatʼiy pozitsiyada ekaniga ishonishadi. WSJ manbalarining taxminicha, u Vashingtonga yon bermaydi, yadro quroli yaratishdan voz kechmaydi va nizoni Amerika tomonining shartlari asosida yakunlash boʻyicha muzokaralarga kirishmaydi.

Avvalroq New York Post nashriga bergan intervyusida Amerika yetakchisi Xomanaiyning Eron rahbari etib saylanganidan mamnun emasligini bildirgan edi. U Mujtaboni “yengil vaznli” (taʼsir kuchi kam) deb atagan va uning saylanishini “xato” deb hisoblagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер