Rossiya elchisi Ukrainada tinchlikka erishishning asosiy shartini aytdi. Bu AQSH bilan bogʻliq
Foto: Reuters
Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov Moskva Ukrainadagi urushni tugatish yoʻli sifatida koʻrayotgan loyihasini taqdim etdi. U «Newsweek» nashriga bergan bayonotida Gʻarbning mojaroni toʻxtatishga qaratilgan saʼy-harakatlarini shunchaki «xayoliy istaklar» sifatida talqin qilgan.
«Yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan suhbat Oq uyning «imperatorlik» istagi va buyrugʻisiz oʻtkazilishi kerak. Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻz irodasini barcha mamlakatlarga tatbiq etish uchun doimiy intilish befoyda ekanligini tan olish vaqti keldi. Koʻp qutblilik tomon oʻsib borayotgan siljishni endi toʻxtatib boʻlmasligini anglab yetish kerak», degan Antonov.
Prezident Vladimir Putin yangi muzokaralarga tayyorligini bildirdi, biroq Rossiyaning hududiy daʼvolarini hurmat qilish kerakligini taʼkidladi. Ular orasida Qrim va boshqa mintaqalarning anneksiya qilinishi, Ukrainaning neytralligi va demilitarizatsiyasi ham bor.
Antonovning taʼkidlashicha, Gʻarbning harakatlari tinchlik oʻrnatishdan koʻra «qonli loyiha» (urush)ni uzaytirishga qaratilgan. Elchi Hindiston va Janubiy Afrika kabi davlatlar ishtirok etgan, ammo kelishuvga erisha olmagan Shveysariya tinchlik sammiti kabi tashabbuslarni foydasiz ekanligini qoʻshimcha qilgan.
«Rossiya har doim muloqotga ochiq boʻlgan, ammo ultimatumlarni qabul qilmaydi», deydi elchi. U Moskvaning AQSH va uning ittifoqchilari NATOni kengaytirish va 2014-yilda Ukraina hukumati oʻzgarishini qoʻllab-quvvatlash orqali urush uchun aynan javobgar ekanligini maʼlum qildi.
Antonovning fikricha, kollektiv Gʻarb Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan urush uchun zamin hozirlanganligini pisanda qilib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring