“Real Madrid” “Real Sosiyedad”ni magʻlub etib, La Ligada peshqadamlikni mustahkamladi
13-sentyabr kuni Ispaniya La Ligasi 4-turi doirasidagi markaziy uchrashuv San-Sebastiyanda boʻlib oʻtdi. Unda “Real Madrid” mehmon sifatida “Real Sosiyedad”ga qarshi bahs olib bordi.
Bellashuv 1:2 hisobi bilan “qaymoqranglilar” foydasiga yakunlandi. Madrid klubi tarkibidan gollarni Killian Mbappe va Arda Guler urdi. Mezbonlar safida yagona javob goliga Mikel Oyarsabal mualliflik qildi.
Shu tariqa, Karlo Anchelotti shogirdlari La Ligada toʻrtta oʻyindan soʻng 12 ochko toʻplab, turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilishmoqda.
Maʼlumot uchun, “Real Madrid”ning navbatdagi uchrashuvi 17-sentyabr kuni UYEFA Chempionlar Ligasi doirasida Fransiyaning “Marsel” klubiga qarshi “Santyago Bernabeu”da boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring