“Real Madrid” yirik hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 4-yanvar kuni Ispaniya La Ligasining 18-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” jamoasi oʻz maydonida “Real Betis” klubini qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 20-daqiqada ochildi. Gonsalo Garsiya oʻyindagi dastlabki golini kiritdi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 50-daqiqasida Garsiya dublga erishdi. Oradan 6 daqiqa oʻtib, Raul Asensio hisobni 3:0 koʻrinishiga keltirdi.
66-daqiqada Kucho Ernandes “Betis” klubining oʻyindagi yagona goliga mualliflik qildi. 82-daqiqada Gonsalo Garsiya oʻyindagi uchinchi, jamoasining esa toʻrtinchi golini kiritdi. Taʼkidlash joizki, bu ispaniyalik 21 yoshli futbolchining La Ligadagi dastlabki xet-trigi boʻldi.
Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Fran Garsiya oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob — 5:1. “Qirollik klubi” 2026-yilni juda yaxshi boshlab oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring