Raqobat qoʻmitasi KFC va bir necha kompaniyalarni jarimaga tortdi
Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom talablarini buzgan bir qancha kompaniyalarni jarimaga tortdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Qoʻmita tomonidan joriy yilning fevral oyi davomida reklamalarning qonuniyligi yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirildi.
Olib borilgan oʻrganishlar natijasida Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan “Ung petro” MCHJ (Carvon), “International foodchain” MCHJ (KFC), “Central atsia voyages-Cav” MCHJ va “Hamkor reklama servis” MCHJ ga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzilishi yuzasidan ishlar qoʻzgʻatilib, moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilingan.
Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring