Kolumbiya prezidentiga suiqasd urinishi boʻlgani aytildi

11:26 11 Fevral 2026 Dunyo
393 0

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Kordova departamentiga vertolyotda parvoz qilayotgan paytida suiqasddan omon qolganini maʼlum qildi. Uning soʻzlarini El Tiempo nashri keltirdi.

Monteriya shahrida boʻlib oʻtgan vazirlar kengashi yigʻilishida davlat rahbari 9-fevral kuni kechqurun Kordovada qoʻna olmaganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, vertolyotga oʻq uzilishi mumkinligidan xavotir boʻlgan.

“Shuni tan olishim kerakki, oʻsha paytda men hayotimga qilingan suiqasddan qutulib qoldim, shu sababli kecha yetib kela olmadim. Men rejalashtirilgan joyga qoʻna olmadim. Hatto qoʻnish chiroqlari ham yoqilmadi. Biz toʻrt soat davomida ochiq dengiz tomon uchdik va umuman rejalashtirilmagan joyga yetib bordik. Men farzandlarim bilan birga suiqasddan qochdik”, — dedi Petro.

Avvalroq Gustavo Petro bir necha bor narkokartellar uni oʻldirishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

El Tiempo maʼlumotiga koʻra, Kordovada Kolumbiyadagi eng yirik jinoiy tuzilmalardan biri — Clan del Golfo faoliyat yuritadi. Ushbu kartel oʻtgan hafta hukumat bilan tinchlik muzokaralarini toʻxtatishga qaror qilgan. Bu qaror Petroning Donald Tramp bilan kartel yetakchisi Xobanis de Xesus Avila Vilyadiyegoni (“Chikito Malo”) qoʻlga olish boʻyicha kelishuvga erishganidan keyin qabul qilingani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер