Tramp AQSH–Kanada oʻrtasidagi koʻprikka mulkchilik huquqining yarmini talab qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaga Ontario bilan Michiganni bogʻlaydigan yangi koʻprikni ochishga yoʻl qoʻymasligini maʼlum qildi. Uning aytishicha, AQSH “adolatli munosabat” va kompensatsiya olmaguncha bunga ruxsat berilmaydi.
“Biz muzokaralarni darhol boshlaymiz. Biz ularga taqdim etgan barcha imkoniyatlarni hisobga olsak, ehtimol, ushbu aktivning kamida yarmiga egalik qilishimiz kerak. Amerika bozori hisobidan shakllanadigan daromadlar juda ulkan boʻladi”, — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
Respublikachilar partiyasi vakili boʻlgan Tramp avvalgi maʼmuriyatni kanadalik materiallardan foydalanishga ruxsat bergani uchun tanqid qildi, shuningdek, Amerika sut mahsulotlariga qoʻyilgan tariflar va alkogol mahsulotlariga nisbatan cheklovlardan norozilik bildirdi.
Tramp taʼkidlashicha, koʻprik ochilishidan oldin AQSH ushbu infratuzilma aktivida sezilarli ulushga ega boʻlishi va Amerika bozori hisobidan olinadigan foydadan bahramand boʻlishi kerak.
Qayd etilishicha, koʻprik qurilishi loyihasi Kanadaning federal hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda. Koʻprik barcha rasmiy tekshiruvlardan soʻng ochilishi rejalashtirilgan. Qurilish xarajatlarini qoplash esa koʻprikdan oʻtish uchun olinadigan yigʻimlar hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring