Raqamli notariat. Keyingi qadam qanday boʻladi?

“Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida “Raqamli notariat. Keyingi qadam qanday boʻladi?” mavzusida sessiya tashkil etildi. Sessiyaga Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov moderatorlik qildi.
Unda Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzo davlatlarning soha vakillari, jumladan, Ittifoq prezidenti Lional Galliyez, Turkiya Adliya vaziri oʻrinbosari Xurshid Yildirim, Yevropa ishlari boʻyicha vitse-prezident Yens Borman, shuningdek, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Singapur, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya kabi mamlakatlarning mutaxassislari qatnashdi. Tadbirda, shuningdek, Oʻzbekiston Oliy sudi, Adliya vazirligi vakillari va 100 nafarga yaqin notarlar ishtirok etdi.
Sessiyada xorijiy va mahalliy notarlar hamda ekspertlar tomonidan sohadagi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi. Jumladan, kiberxavfsizlik, maʼlumotlarni himoya qilish, raqamli muhitda notariuslarning ijtimoiy masʼuliyati, elektron hujjat almashinuvi, masofaviy xizmat koʻrsatish va inson huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishdagi roli yuzasidan tajribalar almashildi. Bu yoʻnalishlarda kelgusida hamkorlik qilish boʻyicha takliflar bildirildi.
Forum ishtirokchilariga Oʻzbekistonda sohani raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tanishtirildi. Xususan, “E-notarius.uz” tizimi orqali onlayn tarzda xizmatlar koʻrsatish, zarur hujjatlarni idoralararo elektron almashinuv orqali olish, “Shajara” dasturi yordamida merosxoʻrlar doirasini aniqlash, toʻlovlarni avtomatik hisoblash tizimi va “notarius kalkulyatori”, shuningdek, barmaq izi orqali shaxsni tasdiqlash tizimlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Forum doirasida xalqaro mehmonlar Toshkent shahridagi notariuslar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Bunday yirik va kasbiy darajadagi tadbirlar Oʻzbekiston notarlar tizimining xalqaro maydondagi oʻrnini mustahkamlash, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish, ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring