Ramazon Temirov UFCdagi navbatdagi raqibi haqida fikr bildirdi

Oʻta yengil vazn toifasida UFC reytingining 13-pogʻonasida turgan oʻzbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov 26-iyul kuni Abu-Dabida boʻlib oʻtadigan navbatdagi jangidan oldin oʻz fikrlarini bildirdi. Unga koʻra, UFC unga chempionlikka olib borishi mumkin boʻlgan jiddiy raqiblar bilan toʻqnashuv imkonini yaratib bermoqda.
“UFCning oʻzi kamarga borish uchun Allohning izni bilan yaxshi raqiblar beryapti. Hozir Asu reytingda 8, men esa 13-oʻrindaman. Koʻtarilib olishga yaxshi raqib berdi”, — deydi Temirov.
Uning soʻzlariga koʻra, u oʻzini yuqoriroq raqiblarga qarshi tayyor deb hisoblaydi va agar unga Asuga qaraganda yanada kuchli jangchi nasib etganida, bu uning salohiyatini toʻliq namoyon qilishga imkon bergan boʻlardi.
Shu bilan birga, Temirov raqibi Asu bilan mintaqaviy yaqinlikni ham taʼkidlab oʻtdi. “Aytmoqchi boʻlganim, baribir qoʻshni davlatdanmiz. Nima ham deymiz endi, shunday boʻlishi kerak ekan”, — deya izoh berdi u raqib tanlovi borasidagi munosabati haqida.
Temirov va Asu oʻrtasidagi jang 2025-yil 26-iyul kuni Abu-Dabidagi UFC turniri doirasida boʻlib oʻtadi. Bu toʻqnashuv har ikki sportchi uchun ham reytingda yuqoriga koʻtarilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoqda. MMA muxlislari esa bu bellashuvni katta qiziqish bilan kutmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring