Quyoshda juda kuchli portlash qayd etildi
Illyustrativ foto
Quyoshdagi kuchli portlashlar ikki haftalik tanaffusdan soʻng yana faollasha boshladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi maʼlum qildi.
Astronomlar mahalliy vaqt bilan soat 03:26 da Quyoshning sharqiy qismida M1.0 darajali portlashni qayd etgan. M toifasi — quyosh faolligining besh bosqichidan toʻrtinchisi boʻlib, undan yuqori faqat eng kuchli — X toifasi hisoblanadi. Portlash taxminan 11 daqiqa davom etgan va Yerga taʼsir qilmagan.
Mutaxassislar bu hodisa quyosh faolligining yangi kuchayish davri boshlanganini koʻrsatishini qayd etmoqda. Faollik avji 3–9-noyabr kunlari kuzatilishi mumkin. Hozircha quyoshning chap qismida Yer tomon qaragan ikki yirik faollik markazi faol boʻlib turibdi. Ulardan chiqayotgan magnit halqalar balandligi 200–300 ming kilometrgacha yetishi mumkin — bu Yer diametridan taxminan 20 baravar katta.
Laboratoriya maʼlumotlariga koʻra, portlashlar asosan raqami 4272 boʻlgan faol hudud yaqinida qayd etilmoqda. Biroq kecha tundagi portlash hali raqam berilmagan, undan ham kattaroq hududda sodir boʻlgan. Bu hudud hali quyosh diskining chetidan toʻliq chiqmagan boʻlsa-da, u allaqachon kuchli energiya chiqarishni boshlagan.
Astronomlar yaqin ikki-uch kun davomida bu jarayonni “chiroyli tabiiy manzara” sifatida kuzatish mumkinligini aytishmoqda. Biroq kelasi haftaning oʻrtasidan bu faollik Yerga taʼsir koʻrsatishi ehtimoli yuqori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring