Quyosh panellari afzalliklari

12:24 14 Oktyabr 2024 Jamiyat
126 0

Saminjon HUSANOV/«Xalq soʻzi». Xoʻjaobod tumanida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tufayli elektr energiyasi va unga sarflanadigan mablagʻni iqtisod qilishga erishilmoqda. Misol uchun, tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi maskanlarga 104 kVt quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, natijada bir oyda 21 ming kVt elektr energiyasini tejashga erishilmoqda. Amalda oʻzini oqlagan tajriba endilikda xonadonlarga ham koʻchgan.

– Har yili kuz-qish mavsumida taʼminotda uzilishlar yuzaga kelar edi, – deydi “Andijon” mahallasida yashovchi Muhiddin Qobulov. – Bu mavsumdan koʻnglim toʻq. Boisi, xonadonimga oʻrnatilgan panellar orqali uzluksiz taʼminotga ega boʻldim. Eʼtiborli jihati, ehtiyojimdan ortgan energiyani davlatga sotishim xam mumkin. Hisob-kitoblarga koʻra, quyosh panellari uchun sarflagan mablagʻim 4-yilda oʻzini oqlaydi.

Tumanda faoliyat olib borayotgan sement zavodining 14 gektar maydoniga ana shunday qurilma oʻrnatilmoqda. U orqali 8400 kVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Zavodning ehtiyoji 7500 kVtdan iborat boʻlgani bois ortib qolgan salkam 1000 kVt energiyani aholi isteʼmoliga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?