Qutisi 400 ming soʻm atrofida baholanadigan dori vositalari savdosi bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar boʻlimi va DXX xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan.
Ushbu reyd tadbirida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.I. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, fuqaro Sh.A.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 402 quti “PK-Mers” nomli dori vositasini 12 ming 200 AQSH dollariga (har bir qutisi taxminan 400 ming soʻm) sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring