Qoʻrgʻontepa tumanida yana 118 nafar shaxs karantinga olindi
Qoʻrgʻontepa tumanida yana 118 nafar shaxs karantinga olindi
“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon HUSANOV/Andijon. Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida koronavirus pandemiyasining oldini olish maqsadida shu kungacha 4248 nafar shaxslar karantinga olingan edi. Shulardan 3638 nafarida kasallik alomatlari aniqlanmadi. 610 nafar fuqarolarga nisbatan cheklov harakatlari davom etyapti. Ulardan 118 nafari Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlib, ayni paytda Qoʻrgʻontepa tumanidagi tibbiyot kolleji yotoqxonasida karantin muddatini oʻtashga jalb etildilar.
Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Abdukarim Abduavahobovning maʼlum qilishicha, navbatdagi guruhga xizmat koʻrsatish uchun ikki nafar shifokor, uch nafar hamshira, uch nafar tibbiy texnik xodim biriktirilgan. Nazoratga olinganlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring