Qoraqalpogʻistonda yoʻlovchi poyezdi va KamAZ toʻqnashib ketdi
Kollaj: “UzNews”
Qoraqalpogʻistonda yoʻlovchi poyezdi va KamAZ toʻqnashib ketdi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30-iyul kuni taxminan soat 16:09 da Baday va Beruniy stansiyalari oʻrtasidagi 592-kilometrda, qoʻriqlanmagan temir yoʻl kesishmasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, KamAZ rusumli yuk mashinasi yoʻl harakati qoidalariga eʼtibor bermay, “Andijon-Qoʻngʻirot” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotgan yoʻlovchi poyezdi oldidan oʻtish joyini darhol kesib oʻtmoqchi boʻlgan, biroq bunga ulgurmagan.
Oqibatda teplovoz yuk mashinasi bilan toʻqnashib, relsdan chiqib ketgan. Qayd etilishicha, toʻqnashuv tufayli tan jarohati olganlar yoʻq.
“Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tezkor guruh holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bordi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, temiryoʻlchilar oʻz vaqtida chora koʻrib, poyezdning barcha yoʻlovchilarini 6 ta avtobusda Nukus va Qoʻngʻirot shaharlariga joʻnatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring