Qoraqalpogʻistonda 77,1 tonna qoʻlbola usulda tayyorlangan yogʻ mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Amudaryo tuman boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyati, Romitan tumanida davlat roʻyxatidan oʻtgan “T.” MCHJ hamda Amudaryo tumanida faoliyat koʻrsatuvchi “A.” MCHJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, “A.” MCHJga tegishli noturar binoda yogʻ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilganliklari fosh etilgan.
Tadbir davomida, ushbu yashirin sexdan qoʻlbola usulda tayyorlangan 77,1 tonna 5 litr hajmdagi yelim idishlarga qadoqlangan isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti, 19 460 dona xoʻjalik sovuni, 10 tn. paxta chigiti, 3 tn. kunjara, 32 ta rulon yorliqlar, 8 dona moy-juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 1,3 mlrd soʻmlik tovarlar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring