Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika bogʻlari barpo etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoniga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bogʻlari barpo etiladi.
Ushbu farmonda keltirilishicha, 2025/26-oʻquv yilidan boshlab Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti va unga biriktiriladigan “yashil” texnikumlarda oʻquv jarayoni dual taʼlim tizimi asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, ilmiy-amaliy mashgʻulotlarni tashkil qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bogʻlari barpo etiladi.
Bundan tashqari, urugʻchilik, koʻchatchilik, iqlim oʻzgarishi sohalarida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilib boriladi.
Mazkur farmon bilan oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarishi kurashish agentligi tashkil etiladi. Davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan koʻchatlar hajmi 2 baravarga oshiriladi.
Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta koʻchatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring