Qorakoʻlda 20 nafar abituriyent zaharlandi
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi oʻquv markazida tahsil olayotgan 20 nafar abituriyent salomatligi yomonlashgani yuzasidan Tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat kecha, 11-yanvar kuni yuz bergan. Shundan soʻng bemorlar zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.
Viloyat hokimining tezkor topshirigʻiga koʻra, sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Elyor Oltiyev ishtirokida tuzilgan ishchi guruh hodisa joyiga yetib borgan. Barcha bemorlar Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli standartlari asosida laborator va instrumental tekshiruvlardan oʻtkazilgan.
Koʻrilgan tibbiy chora-tadbirlar natijasida barcha, 20 nafar bemorning ahvoli yaxshilangan va ular ambulator davolanish uchun uyiga javob berilgan. Bildirilishicha, har bir bemorga hududiy oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi biriktirilgan boʻlib, ayni paytda barchasining ahvoli qoniqarli, shikoyatlari mavjud emas.
Shuningdek, bemorlardan tegishli qon namunalari olinib, belgilangan tartibda ekspertizaga yuborilgan. Ekspertiza natijalari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring