Qonun loyihasi yetarli ovoz olmadi va rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan kiritilayotgan ayrim normalar deputatlarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻldi. Xususan, amaldagi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 138-moddasida “... yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish” uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Loyiha bilan ushbu normani “yoʻllarga ajratilgan mintaqada uy hayvonlarini boqish yoki ularni qarovsiz qoldirish” deb oʻzgartirish taklif etilmoqda. Bu kelgusida huquqni qoʻllash amaliyotida muayyan tushunmovchiliklar va odamlarning haqli eʼtirozlarini keltirib chiqarishi deputatlar tomonidan alohida qayd etildi.
Sababi uy hayvoniga mollardan tashqari it, mushuk, tovuq, quyon, oʻrdak, gʻoz va hakozolar ham kiradi. Ushbu holatda goʻyoki koʻchaga chiqib ketgan it va mushuk uchun ham uning egasini javobgar qilish kerakdek boʻlib qoladi. Buning ijrosini taʼminlash imkonsiz boʻlib, ishlamaydigan normani qonunchilikka kiritish zaruriyati yoʻqligi deputatlar tomonidan taʼkidlandi.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 136 va 138-moddalariga kiritilayotgan “Individual harakatlanish vositasi”ni boshqarishda yoʻl qoʻyiladigan qoidabuzarliklar uchun javobgarlikning belgilanishi ham deputatlarning haqli savollarini keltirib chiqardi.
Xususan, bugungi kunda “Individual harakatlanish vositasi” tushunchasi biror-bir qonunchilik hujjatlarida ochib berilmagan. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yoʻl harakati qoidalarida ham “Individual harakatlanish vositalari”ni boshqarish boʻyicha talablar oʻrnatilmagan.
Yaʼni, amalda boshqarish tartibi va qoidalari belgilanmagan harakatlar uchun maʼmuriy javobgarlikning belgilanishi haqli ravishda deputatlarning eʼtirozlariga sabab boʻldi.
Muhokamalarga boy boʻlgan majlisda qonun loyihasi yetarli ovoz olmadi va rad etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring